Ferrari jamoasi agar “Formula 1” poygalarining yangi qoidalari kompaniya manfaatlariga zid kelsa, poygalarni 2020 yildan keyin tark etişi mumkin. Bu haqda 3 noyabrda kompaniya prezidenti Serjio Markionne ma'lum qildi.
“Formula 1”ning egasi, AQŞning Liberty Media korporatsiyasi 31 oktabrda poyga maşinalarining dvigatellariga yangi talablar taqdim qildi. 7 noyabrda Liberty Media çempionatdagi jamoalar bilan amaldagi şartnoma muddati tugagandan keyin 2021 yildan kuçga kiradigan boşqa özgarişlarni ham ma'lum qiladi.
Markionne esa taqdim qilingan özgarişlardan norozilik bildirgan va uning fikriça, Ferrari va Liberty Media örtasida strategik rivojlaniş böyiça qaraşlar mos emasligini aytgan.
“Formula 1” paydo bölganimizdan beri DNKmiz bölgan. Biroq şuni anglaş kerakki, agar brendni qöllab-quvvatlaş va Ferrari mavqeini mustahkamlaş uçun şaroitlar bölmasa, biz poygalarda iştirok etmaymiz”, deb aytgan Markionne.
Markionne Ferrari’ni poygadan olib çiqqan boşqaruvçi sifatida özini qanday his qilişi haqidagi savolga “Million dollarga, çunki men muqobil strategiya ustida işlayman”, deb javob qilgan.
Uning aytişiça, Liberty Media vakillari bilan 7 noyabrdagi uçraşuvdan avval yakuniy xulosalar qilinmaydi.
Avvalroq yangi tartib-qoidalar yuzasidan öz xavotirlarini Mercedes va Renault jamoalari ham bildirgandi.
Ferrari “Formula 1”ning 1950 yildagi ilk çempionatidan beri unda iştirok etib kelayotgan yagona jamoadir. U poygalardagi eng muvaffaqiyatli jamoa hisoblanadi: jamoa poygaçilari 228 marta ğalaba qozonişgan va bu rekord hisoblanadi.

















