Qirğizistonning Talas şahrida Qozoğiston bilan çegaradagi vaziyatni tartibga soliş talabi bilan 150 kişi norozilik aksiyasi ötkazgan. Bu haqda Talas içki işlar boşqarmasi matbuot kotibi Dinara Sarnogoyeva ma'lum qildi.  

Gap şundaki, Qozoğiston 10 oktabrda Qirğiziston bilan çegaradagi nazoratni kuçaytirgan va Qirğizistondan yuklarning ötişini 3 martaga qisqartirgan. Bu esa çegarada yuk maşinalarining bir neça kilometrlargaça çözilgan tirbandligini keltirib çiqargan. Yuk maşinalardan 80 foizi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bozori uçun yetiştirilgan meva-sabzavotlar bilan Rossiyaga ketayotgan bölgan. Qozoğiston kiritgan çeklovlardan çegarada joylaşgan Talas viloyati eng köp jabr körgan.     

“Umuman, Talasda vaziyat tinç. Namoyişda tartib huquq-tartibot idoralari xodimlari tomondan ta'minlanmoqda. Talablar orasida Qozoğiston bilan çegaradagi vaziyatni tartibga soliş bor”, deb ma'lum qilingan xabarda.  

OAV ma'lumotlariga köra, namoyişçilar şuningdek Qirğiziston prezidenti Almazbak Atamboyevning viloyat aholisidan uzr söraşini talab qilişmoqda. Namoyişçilar fikriça, Atamboyev viloyatda yaşovçilarni “Manas” milliy dostoni qahramoniga hurmatsizlikda ayblab, nohaq tanqid qilgan. 

Sentyabrda Qirğizistondagi saylovlar bilan boğliq holda Ostona va Bişkek örtasida diplomatik mojaro kelib çiqqan. Qozoğiston Qirğiziston bilan çegarada kuçaytirilgan xavfsizlik çoralari kiritgan, buning natijasida çegarani kesib ötuvçilar soni 2,5 marotabaga qisqargan. Qirğiziston tomonda yuk maşinalarining bir neça kilometrlik tirbandligi vujudga kelgan. 

3 noyabrda MDH hukumatlari rahbarlari kengaşida Qirğiziston boş vaziri Sapar Isakov respublika, uning aytişiça, Qozoğiston tomondan yuklarning haddan taşqari nazorat qilinişi masalasini Jahon savdo taşkilotida kötarişiga va'da bergan. Bunga javoban Qozoğiston boş vaziri Bakitjan Sağintayev Qirğiziston bilan çegarada nazoratning kuçaytirilişi Bişkekka qarşi emas, balki kontrabanda hajmini kamaytirişga qaratilganini aytgan.