AQŞda Li Harvi Osvaldning Kennedi öldirilganidan keyingi rejalariga oid razvedka hujjatlaridan maxfiylik maqomi olindi.

MRB e'lon qilgan hujjatlardan birida aytilişiça, Li Harvi Osvald AQŞ prezidenti Jon Kennedini 1963 yilda öldirganidan söng Sovetlar Ittifoqida yaşirinmoqçi bölgani yuzasidan gumonlar bölgan.

"Taxminlarga köra, u Sovetlar Ittifoqiga tinçgina köçib ötiş haqida öylagan, biroq, u prezident öldirilganidan söng tezda qoçib ketiş uçun hujjatlarni oliş jarayonida ham bölgan bölişi mumkin", - deyiladi 1963 yilning 24 noyabr sanasi qöyilgan hujjatda.

1975 yildagi memorandumda xabar qilinişiça, Kennedining qotili AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi bilan aloqador bölmagan.

MRBdagilar bu haqdagi turli miş-mişlarni "umuman asossiz" deb ataşgan. Razvedka boşqarmasi Osvaldning AQŞdagi boşqa maxsus xizmatlar bilan qandaydir hamkorligi böyiça dalillarni ham topmagan.