Tarkibida oltingugurt miqdori yuqori bölgan dizel yoqilğisi asosan motor qayiqlar, kemalar, şu bilan birga turli qişloq xöjalik texnikasi uçun qöllaniladi. Endi bunday yoqilğisi qolib ketgan Xitoy kompaniyalari ularni mamlakatdan taşqariga olib çiqib, xorijda sotişiga töğri keladi. Reuters şu haqida xabar berdi. 

Xitoyda tarkibida oltingugurt köp bölgan dizel yoqilğisidan foydalaniş taqiqlandi. Bunday yoqilği arzonligi sabab undan asosan kema va traktorlar uçun foydalanişadi. Xitoy hukumati atrof-muhitning ifloslik darajasi barça mavjud normalardan oşib ketgani sabab şunday qat'iy çora qöllaşga qaror qildi. Bu masala ayniqsa isitiş mavsumi boşlanişidan avval dolzarbdir. 

Davlatning asosiy vazifasi - yoqilği quyiş şoxobçalarida yangi qonun ijrosini nazorat qiliş. Inspektorlar bunday yoqilğining sotilişiga yöl qöymaslik uçun reyd va ekspertizalar ötkazişadi. Şunday bölsa-da, asosan oltingugurtli yoqilğida harakatlanuvçi kiçik baliqçilar qayiqlarini nazorat qiliş qiyinroq böladi.

Umuman olganda, Xitoy ekologik toza transport böyiça mutlaq yetakçilik sari harakatlanişda davom etmoqda. 2017 yilning ilk 9 oyida mamlakatda 398 ming elektromobil xarid qilindi, mahalliy zavodlarda 424 ming elektrokar  işlab çiqarildi, ya'ni xitoyliklar özlarida işlab çiqarilayotgan elektrotransportning deyarli barçasini sotib olişgan.