Qozoğiston va Qirğiziston örtasidagi çegarada yuzaga kelgan muammolar Jahon savdo taşkilotigaça yetib bordi. Bu haqda Qirğiziston iqtisodiyot vaziri Artyom Novikov jurnalistlarga ma'lum qildi.
     
Uning aytişiça, çegaradagi murakkab vaziyat özgarişsiz qolmoqda. Avtomobillardan iborat navbat qisqarmayapti. Şuningdek, Qirğizistonga kirişda ham maşinalar töplanib qolgan.

“Qirğiziston boş vaziri Toşkentda bayonot berdi va biz voqealarning keyingi rivojini kutamiz. 10 noyabrda bizning masala Jahon savdo taşkiloti doirasida köriladi. Biz Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi va Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasining munosabatini kutmoqdamiz. Biroq bizning maktubga hali javob berilmadi. Biz Qozoğiston bilan qardoş davlatmiz va heç kim YeOIIda bunday vaziyat yuzaga kelişi mumkinligini taxmin ham qilmagandi. Bunday masalalarning Jahon savdo taşkiloti darajasida kompensatsiyalar tölanişigaça ijobiy hal qilinganiga misollar mavjud”, deb aytgan Novikov.

Novikovning qöşimça qilişiça, Qirğiziston-Xitoy çegarasida muammolar yöq. Bu yönalişda smenalar almaşiş vaqtida biroz navbat yuzaga kelgan, biroq bu holat tez orada bartaraf etilgan.