Rossiya Federatsiyasining Mehnat va bandlik böyiça federal xizmati ("Rostrud") hamda Özbekistonning Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qoşidagi Taşqi mehant migratsiyasi masalalari agentligi ma'lumot almaşiş töğrisidagi kelişuvni imzolaşdi.
Hujjat Özbekiston Respublikasi hukumati va RF hukumati örtasidagi Özbekiston fuqarolarining Rossiya hududida vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirişga jalb qilişga doir kelişuvini samarali amalga oşirişga yönaltirilgan.
Hujjatga muvofiq, "Rostrud"ning "Rabota v Rossii" axborot portalida Agentlikka şaxsiy kabinet taqdim etiladi. U yerda Rossiya hududida vaqtinçalik mehnat migratsiyasini amalga oşirişni istovçi Özbekiston fuqarolari haqida ma'lumot joylaştiriş mumkin, şu bilan birga, rossiyalik iş beruvçilarda mavjud böş iş örinlari haqida ma'lumot olişlari mumkin böladi.
Agentlik "Rostrud"ga Rossiya hududida özbekistonlik migrantlarning mehnat huquqlari buzilganligi töğrisida ma'lumot taqdim etib turadi.














