Kompleks test markazi (KTM) tomonidan taqdim etilgan röyxatga asosan, 2018-yilning 9-15 may kunlari onlayn röyxatdan ötgan va bank tölovini amalga oşirgan fuqarolar soni 15526 edi. Lekin keyingi bosqiç imtihonlarida ulardan faqatgina 13484 nafari iştirok eta olişi ma'lum qilindi. Mazkur jarayon ijtimoiy tarmoqlarda norozilik kayfiyatidagi savollar tuğilişiga olib keldi: «Qolgan 2000 dan ortiq fuqarolarning taqdiri nima böladi? Qanday mezonlarga köra ruxsatnomalar çiqarildi?»

Taşqi migratsiya masalalari agentligi rahbari Ravşan Ibragimov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bu masalaga oydinlik kiritdi.

«2018-yil 20-iyul – 28-avgust kunlari bölib ötadigan 2-bosqiç 2-jarayon test sinovlarida iştirok etuvçi fuqarolar röyxatida ruxsatnomasi çiqmagan fuqarolar 3-bosqiç 2-jarayon test sinovlarida qatnaşişlari mumkin.» – Ravşan Ibragimov.

Ma'lumki, Koreya Respublikasiga mehnat qiliş uçun ketmoqçi bölgan fuqarolar bir neça bosqiçli imtihonlardan ötişlari talab etiladi. Joriy yildan testlarni ötkaziş tizimida yangiliklar kiritilgan.

Agentlik rasmiy saytiga köra, test sinovlarini ötkaziş kompyuter tizimida amalga oşirilişi joriy etilganligi natijasida hammadan bir vaqtda test sinovini oliş imkoni bölmagan. Şu sababli ruxsatnomasi çiqmagan fuqarolar Koreya tomonidan tasdiqlangan röyxat asosida keyingi jarayonda test sinovlariga kiritiladi. Uşbu fuqarolarni KTM test sinovlarida qayta qatnaşişlari talab etilmaydi va ular töğridan töğri 3-bosqiç 2-jarayon test sinovlarida iştirok etişadi.