5 noyabrda AQŞ prezidenti Donald Tramp rafiqasi Melanya bilan Yaponiyaga yetib keldi. Tramp aynan Yaponiyaga taşrifi bilan Osiyo böylab turnesini boşladi. Tramp Yaponiyaga kelişi bilan AQŞning Yokota bazasidagi harbiylar oldida nutq sözladi. U Yaponiyaga samimiy qabul uçun minnatdorlik izhor etdi va “ikki davlat örtasidagi ajoyib döstlik önlab yillar davom etişiga” umid bildirdi. Tramp, şuningdek, Yaponiyani “qimmatli hamkor va muhim ittifoqdoş” deb atadi. 

Tramp va Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe faqat siyosat bilan şuğullanişmadi. Jumladan, ular golf öynaşdi. Tramp uşbu öyin videosini tvitterdagi sahifasida joylaştirdi.   

“Ikki ajoyib inson – boş vazir Abe va Xideki Matsuyama bilan golf öynayapman”, deb izoh bergan Tramp videoga.

Xideki Matsuyama yaponiyalik professional golfçi bölib, Tramp uni “Yaponiyaning buyuk golfçisi” deb atagan.

Tramp turne davomida şuningdek Janubiy Koreya, Xitoy, Vetnam va Filippinga taşrif buyuradi.