Fotih Jalolov «Özbekfilm» AJ direktori v.b etib tayinlandi. Bu haqda «Özbekkino» axborot xizmati xabar tarqatdi.
Qayd etilişiça, Jalolov bu lavozimga «Özbekkino» Milliy agentligi boş direktori Furqat Zokirovning 2017 yil 30 oktabrdagi buyruğiga muvofiq tayinlangan.

Fotih Jalolov teatr va kino aktyori hisoblanadi. 1984 yilda A.Ostrovskiy nomidagi Toşkent teatr-rassomçilik institutining aktyorlik fakultetini tamomlagan. Bundan avval Özbekiston madaniyat va sport işlari böyiça vazirining birinçi örinbosari, «Özbekkino» tizimida işlagan. Jalolov Özbekistonda xizmat körsatgan artist hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, «Özbekfilm»ning avvalgi direktori Hilol Nasimov 27 oktabr kuni aksionerlik jamiyatining navbatdan taşqari yiğilişida öz lavozimidan ozod qilingandi.
















