Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida bir necha kundan beri quyuq smog kuzatilmoqda. Shu sababli shifokorlar shaharda favqulodda vaziyat tartibini e'lon qilishgan. Ular havoning bu ifloslanishidan olinadigan zararni kuniga 50 ta sigaret chekishdan olinadigan zararga qiyoslashmoqda.

Shahar aholisiga smog tarqamaguncha iloji bo‘lsa ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilingan. Hukumat 8 noyabrdan barcha maktablar va ta'lim muassasalarini yopib qo‘ymoqchi. Hindlar ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holat aks etgan suratlarni joylashtirishgan. 

Foto: twitter.com/ @AdvAshwaniDubey
Foto: twitter.com/ @AdvAshwaniDubey

“Dehlidagi halokatli ifloslanish. Hukumat idoralari faoliyat yuritadigan poytaxtda dahshatli vaziyat. Shundan keyin davlatimiz rivojlanayapti, deya olamizmi?”

Foto: twitter.com/ @Ayushchopra24
Foto: twitter.com/ @Ayushchopra24

“Dehli gaz kamerasiga aylandi, favqulodda vaziyat e'lon qilingan. Havo sifati yanada yomonlashadi. Bu yog‘iga nima bo‘ladi?”

Foto: twitter.com/ @ParomaMukherjee

“Bu tong yolg‘iz qushgina Dehli markazida”

Foto: twitter.com/@Drx_Amit
Foto: twitter.com/@Drx_Amit

“Eng yomon vaziyat Laksmi Nagarda”