Xitoyning Tencent internet-xoldingi Finlyandiyadagi videoöyinlar yaratuvçi eng yirik kompaniya – Supercell aksiyalarining nazorat paketi (73 foizi)ni xarid qildi. Avval Supercell’ning asosiy egasi Yaponiyaning SoftBank telekommunikatsion guruhi hisoblangan.

Xarid qiymati 7,4 mlrd yevroni taşkil qilgan. Bu Finlyandiya tarixida tijorat kompaniyasini sotib oliş böyiça eng qimmat bitim böldi. Avvalgi rekordni 2013 yilda Microsoft kompaniyasi Nokia’ni 5,44 mlrd dollarga sotib olib örnatgandi.

Supercell’ning boş qarorgohi Finlyandiyada qolaveradi. Aktsiyalarning xarid qilinişi Tencent’ga jahon öyinlar bozorida yetakçilikni mustahkamlaşga yordam beradi. Tencent platformasining öyin işqibozlari auditoriyasi milliard va taxminan 300 mln faol foydalanuvçiga yetadi. Kompaniyada 30 mingdan köproq odam işlaydi.

Xitoyning “Xujun” tadqiqot agentligining baholaşiça, Tencent asosçisi Poni Ma (Ma Xuaten) Xitoydagi ikkinçi raqamli eng boy odam hisoblanadi. Uning boyligi oxirgi bir yil içida 1,5 barobarga oşib, 37 mlrd dollarga yetgan.