Saudiya Arabistonidan turib videomurojaat qilgan Livan boş vaziri Saad Haririy qirollikda uy qamoğida bölgan. Bu haqida Reuters xabar berdi.
Haririyning idorasi va Saudiya OAV uning seşanba kuni BAAga yöl olgani haqida ma'lum qildi. Livanning nufuzli sunniy siyosatçisi va Saudiya Arabistonining yaqin ittifoqdoşi bölgan Haririyning yordamçilari uning qölga olinganini inkor etişmoqda.
Livanning şialarni va "Hizbulloh" siyosiy harakatini qöllab-quvvatlovçi "Al-Axbor" gazetasining yozişiça, Haririy ötgan juma kuni Ar-Riyodda uy qamoğiga joylangan.
Duşanba kuni Saudiya taşqi işlar vaziri Odil Jubayr qirollik Haririyni iste'foga çiqişga majbur qilganiga oid ayblovlarni rad etdi va u istagan vaqtida ketişi mumkinligini aytdi.


















