Saudiya Arabistoni hukumati korrupsiyada ayblanib, qölga olingan şahzodalardan jami 800 milliard dollarlik aktivlarni musodara qilmoqçi. Bu haqda Wall Street Journal naşri xabar tarqatgan.

Qayd etilişiça, korrupsiyaga qarşi kampaniya doirasida qirol Salmon ibn Abdulaziz farmoni bilan qirollik xonadoni a'zolaridan taşqari, vazirlar, yirik amaldorlar va bir qança nufuzli biznesmenlar qölga olindi. Ayni vaqtga kelib poraxörlikda ayblanayotganlar soni 60 nafarga yetdi. Ulardan ayrimlarining bank hisoblari muzlatilgan.

Gazeta manbasining qayd etişiça, gumonlanuvçilarning aktivlarining aksar qismi mamlakat taşqarisida, şu tufayli bu aktivlarni qaytariş qiyin böladi.

Bundan avvalroq, qirollik xonadonining 30 nafarga yaqin a'zosi va boşqa qölga olinganlar 5 noyabr kuni Ar-Riyoddagi beş yulduzli mehmonxonaga joylaştirilgani ma'lum qilingandi. Qölga olinganlar orasida dunyoning eng badavlat kişilaridan biri — biznesmen va Citigroup hammuassisi şahzoda al-Volid ibn Talal ham bor.