2017 yilning 7 noyabr kuni “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi rivojlantirişda AKTdan foydalaniş” mavzusida seminar taşkil etildi.
Tadbirda turizm sanoati hamda axborot texnologiyalari vakillari, innovatsion markaz rezidentlari va OAV xodimlari iştirok etişdi.
Ma'lumki, axborot texnologiyalari turizm sohasini rivojlantirişda muhim örin tutadi. Hozirda iste'molçilar uçun çeklovlar deyarli mavjud emas: sayyohlar barça ma'lumotlarni internet orqali qölga kiritişi, çiptalar, restoran va mehmonxonani onlayn tarzda bron qiliş imkoniga egadir.

“Mazkur seminarni taşkil qilişdan közlangan maqsad - turizm va AT tarmoği vakillarini bir-biri bilan özaro taniştiriş va ularni hamkorlikka çorlaşdan iborat. Sayyohlik tarmoği uçun hamkorlikdagi yangi AT mahsulotlarni joriy qiliş xizmatlar sifatini yaxşilaş imkonini beradi”, deya qayd etdi “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi direktori Xurşid Sultonov.

Seminar davomida Hotspot.uz, MyTaxi, Workly kabi loyihalarning imkoniyatlari töğrisida taqdimotlar ötkazildi. Iştirokçilar seminarda yangi interaktiv sayyohlik xizmati - “Uzbekistan Pass” servisi bilan yaqindan tanişişdi.












