Zimbabvening 93 yoşli prezidenti Robert Mugabe hokimiyatni egallab olişga gumon qilib 75 yoşli vitse-prezident Emmerson Mnangagvani öz lavozimidan böşatib yubordi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
7 noyabrda Zimbabvening davlat ommaviy axborot vositalari Mnangagva va uning tarafdorlari mamlakatdagi hukmron “Zimbabve Afrika milliy ittifoqi – Vatanparvarlik fronti” partiyasiga qarşi yaşirin guruh yaratiş yöli bilan prezidentni hokimiyatdan çetlatişni rejalaştirişganini ma'lum qilgandi.
Mugabe ma'muriyati vakilining aytişiça, vitse-prezident Mugabega sodiqmasligi, unga hurmatsizlik, yolğonçilik va işonçli emasligini muntazam namoyiş qilib kelgan va şu sababli öz lavozimidan çetlatilgan.
AP’ning ma'lum qilişiça, Mugabe egasiz qolgan vitse-prezident lavozimini rafiqasi Greys Mugabega işonib topşirmoqçi.
Mugabe 1980-1987 yillar mamlakat boş vaziri lavozimini egallagan. U oxirgi 30 yildan beri mamlakatni muttasil boşqarib kelmoqda. Şu bilan birga u hozirda dunyodagi eng keksa davlat rahbari hisoblanadi.

















