Arab davlatlari ligasi (ADL) Livanning taşkilotdagi a'zoligini töxtatmoqçi emas. Bu haqda ADLning Rossiya Federatsiyasidagi vaqtinçalik vakili Malik Musli «Rossiya segodnya» xalqaro axborot agentligining matbuot-anjumanida ma'lum qildi.

«Saudiya Arabistoni Livanning Ligadagi a'zoligini töxtatişni talab qilsa, men şuni aytişim mumkinki, bu deyarli istisno qilingan. Tegişli mexanizmlar bor, sababi Liga – bu qator davlatlardir, şuning uçun bu mamlakatlar masalani hal qiladilar. Livanning a'zoligini töxtatiş rejasi ham, bunday istak ham yöq», - deya xabar berdi Musli.

Livan boş vaziri Saad Haririy, 4 noyabr kuni, Ar-Riyodda bölib turgan paytida boş vazir lavozimidan iste'foga çiqişi haqida ma'lum qildi. U «Hizbulloh» şialar harakati va Eronni Livan hamda arab dunyosida nafrat qözğaşda ayblab, öziga suiqasd qilişga tayyorgarlik körişayotganini bilib qolgani haqida aytdi.

«Hizbulloh» harakati yetakçisi Hasan Nasrulloh Haririning iste'fosi sabablarini Saudiya Arabistonidan izlaş kerakligini ma'lum qilgan bölsa, Eron Taşqi işlar vazirligi Haririning ayblovlarini asossiz deb atadi. Nasrulloh, şuningdek, Ar-Riyod Haririni iste'foga çiqişga majbur qilgani va ehtimol uni Saudiya Arabistonida majburan uşlab turgan bölişi mumkinligini ma'lum qildi.