Ispaniya hukumati vakili Inigo Mendez de Vigoning ma'lum qilişiça, Madrid Yevropa Ittifoqi Taşqi işlar vazirliklari rahbarlari yiğilişida Rossiya va boşqa davlatlardan bölgan hakerlarning Kataloniyadagi vaziyatga ehtimoliy aralaşuvi böyiça masalani kötaradi. Bu haqda El Pais gazetasi xabar bermoqda.

«Hukumat şu faktni tasdiqladiki, ijtimoiy tarmoqlarda paydo bölgan köplab xabarlar va amaliyotlar Rossiya hududidan tarqatilgan», - deya aytib ötdi vakil.

Uning ta'kidlaşiça, Ispaniya Yevropa Ittifoqining bu masala böyiça jiddiy munosabatidan umid qilmoqda.

Avvalroq Ispaniya sudi Kataloniya parlamenti spikerini hibsga olgani xabar berilgandi.