Dunyoning eng badavlat kishilaridan biri film bosh qahramoniga aylandi

Foto: CGTN
Alibaba Group asoschisi Jyek Ma "Gong shou dao" ("Jang san'ati qo‘riqchilari") nomli qisqa metrajli filmda bosh rolni ijro etdi.
Film 11 noyabr, ya'ni Xitoyda an'anaviy ommaviy chegirmali sotuvlar yo‘lga qo‘yiladigan Bo‘ydoqlar kuni nishonlanadigan sanada katta ekranlarga chiqdi.
Film prodyuseri - mashhur jangari aktyor Jyet Li, Jyek Ma u bilan 2007 yildan buyon tanish. Qolgan rollarni mashhur aktyorlar va jang san'ati ustalari ijro etishgan - Donni Yyen, Jyeki Vu, Toni Jaa, boks bo‘yicha Olimpiya chempioni Tszou Shimin, shuningdek tarixda eng yuqori mavqe - yokodzunaga erishgan mo‘g‘ulistonlik ilk jangchi Asasyoryu Akinori.
Syujyetga ko‘ra, Jyek Ma ko‘chada ketaturib, u yerda muqaddas Xuashan tog‘larini ko‘radi. Ko‘zlarini yumib, birin-ketin qator jangchilar bilan ketma-ket kurasha boshlaydi.
Treyler oxirida aktyor Jyeyson Steytem, bokschilar Menni Pakyao hamda Gennadiy Golovkin namoyon bo‘lishadi va Jyek Ma bilan kelgusi janglarga ishora qilishadi.
Ishbilarmon 2015 yilda o‘zining taytszitsyuan - Xitoy jang san'atiga qiziqishi haqida gapirib o‘tgandi: "Tinchlan - ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q. Muvozanat saqla. Biznes - bu musobaqa, musobaqa esa quvnoq bo‘ladi. Biznes - sen o‘lib, men g‘olib bo‘ladigan jang maydoni emas. Biznesda hatto sen o‘lsang ham, men g‘olib bo‘la olmayman".
2013 yilda ishbilarmon o‘z ko‘nikmalarini sahanada omma oldida namoyish qilgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
Jahon | 02:31
-
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
Jahon | 01:40
-
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi
Jahon | 01:09
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
Mavzuga oid

19:37 / 12.03.2023
«Milliarderlar ovi». Nega Xitoyda yirik ishbilarmonlar g‘oyib bo‘lmoqda?

18:21 / 05.11.2021
Jyek Ma Xitoyning eng badavlat odamlari reytingida beshinchi o‘ringa tushib ketdi

14:37 / 24.05.2021
Jyek Ma hukumatning bosimi sababli o‘zi asos solgan universitet rahbarligidan ketadi

11:29 / 24.04.2021