Britaniyalik poygaçi Luis Hemilton va “Mercedes” jamoasi Braziliya Gran-prisiga çempion maqomida kelgan bölsalar-da, ba'zi masalalar oçiq qolayotgan edi. Jumladan, “Ferrari” a'zosi Sebastyan Fettel va “Mercedes” a'zosi Valtteri Bottas şaxsiy hisobda 2-örin uçun bahsni davom ettirayotgandilar. Fettel San-Pauludagi poygaga Bottasga nisbatan 15 oçkolik ustunlik bilan kelgandi va 2-örinni muddatdan avval qölga kiritişi mumkin edi. Va şunday böldi ham.

Fettel 1 soat 31 daqiqa va 26 soniya vaqt bilan Braziliya Gran-prisi ğolibi böldi.

Marraga ikkinçi bölib Bottas yetib keldi. 3-örin esa “Ferrari”ning yana bir a'zosi Kimi Raykkonenga nasib qildi. Mavsum çempioni Hemilton esa 4-örin bilan kifoyalanib qoldi.

Umumiy hisobda yetakçi uçlik quyidagiça köriniş oldi: 1. Hemilton (345 oçko); 2. Fettel (302); 3. Bottas (280). Şu tariqa bu mavsumdagi yetakçi uçlikning taqdiri deyarli hal böldi.

Umuman olganda poyga quyidagiça yakunlandi.

Foto: Twitter/F1

Poyganing joriy mavsumdagi sönggi bosqiçi Abu-Dabida 24-26 noyabr kunlari bölib ötadi.