«Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi Özbekiston Respublikasi TIF MB bilan hamkorlikda aviaçiptalarni aviakompaniyaning korporativ sayti orqali sotilişini ta'minlaş böyiça loyihaning navbatdagi bosqiçini işga tuşirdi, unga köra aviaçipta uçun tölovlarni xalqaro bank kartalari orqali amalga oşiriş mumkin böladi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar berdi.

10 noyabrdan boşlab aviaçipta uçun haqni VISA bank kartalari orqali tölaş mumkin.

Keyingi bosqiçda MasterCard, American Express plastik kartalari va boşqa turdagi kartalardan foydalaniş imkonini beruvçi xalqaro tölov tizimini ulaş közda tutilgan.

Qayd etilişiça, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi va MBning bevosita iştirokida, şuningdek, elektron kommersiyasini rivojlantirişga tösqinlik qiluvçi sabablarni bartaraf etiş yuzasidan ötkazilgan çora-tadbirlar, interaktiv xizmatlarni joriy qiliş uçun tegişli şaroitlarning yaratilişi uşbu loyihaning qisqa muddatlarda amalga oşirilişiga imkon beradi.

Interaktiv xizmatlarni körsatiş böyiça tadbirlar majmuasini amalga oşiriş «Özbekiston havo yöllari» MAK qatnovlariga aviaçiptalarni dunyoning istalgan nuqtasida sotişga imkon yaratadi va Özbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirişga yordam beradi.