«Özbekiston temir yöllari» AJ qator OAVda metrodagi yöl haqi 820 sömga qadar tuşirilişi haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyatining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, ötgan yilgi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 29 sentabrdagi №330 sonli Qarori asosida, poytaxt aholisi va Toşkent mehmonlariga qulaylik yaratiş maqsadida hamda şahar yölovçi taşiş transporti harakat tarkibining xarajatlarini qoplaş maqsadida 2016 yil 1 oktabrdan oylik çiptalarning yangi körinişi joriy etildi.

«Yangi köriniş» talqini ostida Toşkent metropolitenida qayta joriy etilgan oylik çiptalar nazarda tutilgan. Qarorga binoan har bir çipta oyiga 180ta safarga möljallangan bölib, 23 foizli çegirmaga ega. Boşqa söz bilan aytganda, ötgan yili belgilangan yöl kira narxi, ya'ni 1200 sömning imtiyozi uşbu 23 foizidadir. Bundan kelib çiqib, oylik yöl çipta egalari har bir safari uçun 924 söm tölab kelmoqda. Şuningdek, joriy yilning 15 mart kunidan boşlab yana bir imtiyoz taqdim etildi, ya'ni pensiya yoşidagi yölovçilar uçun metropolitendagi safar har kuni soat 10:00dan 16:00gaça bepul etib belgilangan.

Joriy yil 2 noyabr kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi Toşkent metropolitenining rivojlanişiga bağişlangan bölib, unda jurnalistlar özlarini sohaga oid qiziqtirgan savollarga atrofliça javob oldilar. Lekin, Internetdagi yangiliklarning monitoringi şuni körsatyaptiki, ayrim ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan soha mutaxassislarining sözlarini notöğri talqin etişayotgani kuzatilmoqda. Şu bilan birga yölovçilarni asossiz ma'lumot bilan işontirib qöyişmoqda. Narx siyosati şular jumlasidandir. Internetdagi ayrim axborot saytlari Toşkent metropolitenida yöl kira narxi 1200 sömdan 820 sömgaça tuşirilişi kutilmoqda, deya xabar berişmoqda. Yuqorida ta'kidlab ötilgan Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan hamda quyida taqdim etilayogan, aynan öşa Xalqaro press-klub sessiyasining videosidan körinib turibdiki, uşbu duv-duv gaplar asossizdir», - deyiladi «Özbekiston temir yöllari» matbuot xizmati xabarida.