“Özbekiston” telekanali orqali namoyiş qilinib, ijtimoiy tarmoqlarni larzaga solgan va keng jamoatçilikning keskin fikrlariga sabab bölgan voqelik yuzasidan Toşkent şahar Çilonzor tumani prokuraturasi tomonidan jinoiy iş oçilgan. Tuman prokuraturasi vakili bu xabarni tasdiqladi.
Tuman prokuraturasi vakilining KUN.UZ saytiga ma'lum qilişiça, ayni vaqtda, tergov işlari olib borilmoqda, biroq tergov siri qoidasiga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining qaysi moddasi böyiça iş oçilganiga oydinlik kiritib bölmaydi. Buning uçun yuqori turuvçi prokuratura organining ruxsati talab etiladi.
Şu bilan birga, tuman içki işlar idoralariga jahldor otani qamoqqa oliş böyiça sanksiya beriş masalasi ham körib çiqilmoqda.
Ota 4 yoşli qizçasini yolvorişlariga qaramasdan kaltakladi. Endi u jazolanadi
















