Özbekiston böylab neft mahsulotlari, xususan benzin narxi oşirilişi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz'ning bir neçta manbasi xabar bergan.
Manbalarning aytişiça, iste'moldagi benzin bahosi ayni paytdagidan 30-35 foizga qimmatlaşi mumkin. Şuningdek, dizel yoqilğisi narxi ham oşişi kutilmoqda. Benzin narxida mos ravişda özgariş yuz bersa, uning bahosi AI-80 turining 1 litri uçun 3800 söm (hozirda 2800 söm) etib belgilanişi mumkin.
Bunday özgarişga sentabr oyida ötkazilgan erkin valyuta ayirboşlaş amaliyotiga ötiş sabab bölişi mumkin. Negaki, transport-logistika uçun sarflanayotgan aksariyat neft va neft mahsulotlari Özbekistonga import qilinardi.
Endilikda xorijiy valyuta kursining barqaror narxga özgarişi, neft mahsulotlariga nisbatan taqdim etilgan konvertatsiya imtiyozi samarasiz bölişini anglatadi. Şu bilan neft va neft mahsulotlari importida ham narx özgarişi yuz berişi tayin bölgan. Masalaga oydinlik kiritiş faqat vaqt va qarorni imzolaşda qolgan, xolos.
Eslatib ötamiz, benzin narxi oxirgi marta bir yil muqaddam özgargandi. 2016 yilning 23 oktabrida Özbekistonda benzin narxi örtaça uçdan biriga, 2075 sömdan 2800 sömga kötarilgandi.
















