Kutilmaganda tekkan merosdan xursandçilikda öliş “amrimahol” bölsa-da, biroq birja yoki qimorda yutqaziş odamning ölimiga olib kelişi mumkin.
Kardiolog-şifokorlar va olimlar Janubiy Afrikaning yurak-tomir kasalliklari uyuşmasining 18-kongressida köplab mutaxassislarni xavotirga solgan hisobotni tingladilar. Aniqlanişiça, aksariyat ölim bilan tugovçi infarktlar u yoki bu moliyaviy yöqotişlar bilan boğlangan ekan.
Yoxannesburgdagi Vitvatersrand universiteti olimlari ötkir yurak yetişmovçiligi xurujlarining aksariyat qismi u yoki bu tarzda psixosotsial omillar bilan boğlanganini qayd qilişdi. Bu omillar orasida birinçi örinda moliyaviy mablağlar va boşqa aktivlar turadi.
Olimlarning aytişiça, agar odam uzoq vaqt davomida moliyaviy qiyinçiliklar bilan boğliq kuçli stresslarni boşdan keçirgan bölsa, unda Miokard infarkti paydo bölişi xavfi oşar ekan.
Olimlarning ta'kidlaşiça, infarktni keltirib çiqaruvçi moliyaviy xatarlarga oilaviy, şaxsiy munosabatlar va karera bilan boğliq muammolar ta'sir qilişi mumkin. Olimlarning aytişiça, bularning barçasi inson salomatligiga yomon ta'sir ötkazadi.













