AQŞ oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar ustidan nazorat qiliş böyiça ma'muriyati tarixda birinçi bor içiga mikroçip örnatilgan dori vositasini sotiş uçun ruxsat berdi. Bu haqda Financial Times yozmoqda.

Çip Yaponiyaning Otsuka kompaniyasi tomonidan işlab çiqariluvçi Abilify preparatiga örnatilgan. U turli ruhiy kasalliklarni davolaşda qöllaniladi hamda şizofreniyada belgilanadi. AQŞda bu dorini 7 mln. inson qabul qiladi.

Tabletka yutilganidan söng çip ma'lumotni bemorning mobil qurilmasiga jönatadi hamda uning davolovçi şifokoriga avtomatik tarzda yuboradi. Şu tufayli bemorlar dori qabul qiliş böyiça belgilangan rejimga amal qilmasligiga doir vaziyatning oldini oliş imkoni paydo böladi. Bu, öz navbatida, zamonaviy tibbiyotdagi eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Iddao etilişiça, mikroçiplarga ega tabletkalar faqatgina bemorlar roziligi bilan belgilanadi.

Otsuka’ning Şimoliy Amerikadagi bölinmasi rahbari Kabir Natxning xabar berişiça, innovatsion preparatlar hozirça çeklangan partiyalarda çiqariladi. Şu bilan birga, u çipli dori oddiysidan qançalik qimmat turişiga oydinlik kiritmadi.