Özbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi “Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori hamda 2017 yil 2 sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallaştiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni ijrosini ta'minlaş maqsadida “Özbekiston Respublikasining Markaziy banki töğrisida”gi qonunning 17-moddasiga muvofiq Markaziy bank Boşqaruvining tegişli qarorlari bilan mamlakatdagi barça tijorat banklarining çet el valyutasida operatsiyalarni amalga oşiriş uçun berilgan litsenziyalarining amal qilişi tugatildi va bank operatsiyalarini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziyalari qayta rasmiylaştirib berildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar qilmoqda.

Bundan oldin Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga “Tijorat banklariga çet el valyutasida operatsiyalarni amalga oşiriş uçun litsenziyalar beriş qoidalari”ga muvofiq Boş litsenziya, “Banklarni röyxatga oliş va ular faoliyatini litsenziyalaş tartibi töğrisida”gi Nizomga asosan milliy valyutada operatsiyalarni amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziyalar berilar edi.

“Valyuta siyosatini liberallaştiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi farmon talablariga muvofiq tijorat banklariga xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oşiriş böyiça litsenziya beriş amaliyoti bekor qilindi. Tijorat banklarining xorijiy valyuta bilan operatsiyalari bank faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziya asosida amalga oşirilişi belgilandi.