Ispaniyalik tennischi Rafael Nadalning ma'lum qilishicha, professional tennischilar Assotsiatsiyasi Yakuniy musobaqasidagi ishtirokini tizzasidagi jarohat tufayli muddatidan avval yakunlashga majbur. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
«Men o‘ynashga, kortga chiqishga tayyor emasman, biroq men harakat qilib, urinib ko‘rishim kerak edi. Men faoliyatim davomida ushbu musobaqani kamdan-kam o‘tkazib yuborganman, biroq mavsumim o‘z nihoyasiga yetdi», - deya aytib o‘tdi Nadal.
Eslatib o‘tamiz, Nadal ATP Yakuniy musobaqasi guruh bosqichining ilk uchrashuvida belgiyalik David Goffenga 6:7 (5:7), 7:6 (7:4), 4:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ispaniyalik raketka ustasi keyingi uchrashuvda avstriyalik Dominik Tim bilan kuch sinashishi lozim edi.















