Qirğizistonning «Respublika — Ata Jurt» fraksiyasining navbatdan taşqari kengaşida Omurbek Babanov fraksiya yetakçilik lavozimini tark etiş qarori muhokama qilindi. Uni fraksiya rahbari örinbosari deputat Talant Mamitov öqib bergan.
Omurbek Babanovning sözlariga köra, «Respublika» partiyasi va «Respublika — Ata Jurt» parlamentlik fraksiyasining faoliyati qonun loyihalarini muvaffaqiyatli ilgari suriş va ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni özgartiriş uçun birlaşgan holda harakat qiliş lozim. Fraksiyaning yangi rahbari kelgusi majlisda saylanadi.
U ayni vaqtda xorijda davolanayotganini ma'lum qilar ekan, qaysi mamlakatda ekaniga oydinlik kiritmagan. Biroq «24.kg» axborot agentligining xabar qilişiça, prezidentlik saylovida mağlub bölgan Jokorgu Keneş deputati Karlovi Varida davolanişda. Siyosatçi öz maktubida nima uçun fraksiyani tark etişga qaror qilganini izohlagan.
«Men hozir xorijda davolanyapman. Soğliğim haqida köplab taxminlarni öqidim. Ular asossiz. Men sizlar bilan birgalikda Qirğiziston gullab-yaşnaşi uçun kuraşaman. Men qayd etişni istardimki, «Respublika» partiyasi va Jokorgu Keneşdagi «Respublika — Ata Jurt» fraksiyasida faoliyatini davom ettirmoqda. Qisqa muddatlarda saylov qonunçiligi, iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni özgartirişga qaratilgan qonun loyihalarini parlament muhokamasiga kiritişimiz zarur. Şu sababli men «Respublika — Ata Jurt» fraksiyasi rahbarligini tark etayapman», — deb yozgan Omurbek Babanov öz bayonotida.
Ma'lumki, Omurbek Babanovga nisbatan QR JKning ikki moddasi böyiça jinoiy iş qözğatilgan.

















