Amerikaning smartfonlar uçun mikrosxemalar işlab çiqaruvçi Qualcomm kompaniyasi raqobatçisi Broadcom Ltd. kompaniyasining 105 mlrd dollarlik taklifini rad etdi. Bundan taşqari, Broadcom raqobatçisining 25 mlrd dollarlik qarzini ham qoplaşini bildirdi. Bu haqda Business Insider yozmoqda.
Qualcomm direktorlar kengaşi bir ovozdan taklifni rad etişga qaror qildi. Kompaniyaning izoh berişiça, Broadcom «kompaniyaning yetakçilik örnini va uning ösiş istiqbollarini yetarli baholamagan». Şunga qaramay, uşbu bitim amalga oşganida mikroelektronika sohasidagi eng yirik kelişuv bölişi mumkin edi.
Dunyoda mikrosxemalar işlab çiqariş böyiça 4-örinda boruvçi Broadcom Qualcomm kompaniyasining har bir aksiyasiga 70 dollardan tölaşga tayyor ekanini bildirgan edi. Umuman olganda Broadcom taklifini mikrosxemalar bozorida öz uluşini köpaytirişga uriniş, deb baholaş mumkin.
Bugungi kunda Qualcomm özining yirik xaridori Apple korporatsiyasi bilan kelişmay qolgani sababli moliyaviy qiyin vaziyatga tuşib qolgan. Kompaniyalar birlaşganida Intel va Samsung kompaniyalaridan keyingi uçinçi yirik kompaniyaga aylanar edi.

















