Toshkentda Global tadbirkorlik haftaligi boshlandi

Foto: tal catran
13-19 noyabr kunlari Toshkent shahrida Global tadbirkorlik haftaligi o‘tkazilmoqda. Tadbir platformasida yoshlar ishbilarmonlarga yangi texnologiya va ishlanmalar haqida ma'lumot berish, tajribali tadbirkorlarning muvaffaqiyat siri hamda o‘zaro fikr almashish haqida so‘z yuritiladi.
Tadbir tashkilotchilari qatorida GroundZero, Korzinka.uz, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi, Dekos, Savdo-sanoat palatasi, Universal Bank, Murad Buildings kabi yirik kompaniya, uyushma hamda davlat idoralari qayd etilgan.
«Oldimizga qanday maqsadni qo‘yganmiz? Avvalo, yurtimizda tadbirkorlik madaniyatini ommalashtirish va shaxsiy tajribamiz bilan o‘rtoqlashishdir. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda tadbirkorlik qaysidir ma'noda rivojlandi, endilikda Silikon vodiysi, Singapur, Xitoy kabi davlatlarning tarixiy tajribasiga murojaat etish vaqti yetdi», deydi tashkilotchilardan biri sifatida Hikmat Abdurahmonov the Steppe nashriga.
Haftalik birinchi kunida tadbirkorlar uchun zarur hisoblangan infratuzilma haqida muhokamalar tashkil etildi. Shuningdek, shu kuni mamlakat iqtisodiyotida sayyohlikning o‘rni va media bozor haqida shaxsiy fikrlar bildirilgan.
«Men yangi davr va katta o‘zgarishlar boshida turgan O‘zbekistondagi tadbirkorlar bilan suhbatlashib tushunib yetdimki, ularning mintaqada istiqboli ulkan va zafarli bo‘ladi», deydi TC Holdings asoschisi, TEDx loyihasi notig‘i Tal Ketran.
Bugun, 14 noyabr kuni haftalik rejasida «StartUp'lar kuni» etib belgilangan. Kun davomida Toshkentdagi Inha universitetida tadbirkorlik saboqlari bo‘yicha seminarlar tashkillashtiriladi. So‘ngra, startaplar tanlovi uyushtirilib, ularning biznesini kelgusida rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shri-Lankada vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 18:35
-
Xitoyda hayvonlar ovozini inson tiliga o‘giruvchi dastur bo‘yicha ish boshlandi
Fan-texnika | 18:33
-
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 18:19
-
Alonso «Bayer»dan ketishini e’lon qildi. U «Real»ga keladi
Sport | 18:18
Mavzuga oid

12:30 / 01.10.2024
O‘zbekistonda “Butunjahon kosmos haftaligi” o‘tkaziladi

11:15 / 21.11.2019
Abdurahmonov Dvorkovich bilan uchrashdi. O‘zbekistonlik startapchilar «Skolkovo» innovatsion markazida malaka oshiradi

22:19 / 26.04.2019
Imkoniyati cheklangan kishilar uchun maxsus sayohatlar tashkil qilish taklif etildi

20:54 / 29.01.2019