Benzin ta'minoti masalasida Toşkent şahri va uning atrof hududlarida muammoga duç kelmaysiz. Biroq, poytaxtdan 50 yoki 100 kilometr uzoqlaşsangiz yoqilği quyiş şoxobçalari yoki yopiq, yoki “benzin yöq”, deb yozib qöyilgan. Bu köpçilik haydovçilarning e'tiroziga sabab bölmoqda. “Özbekiston24” telekanalining AYoQŞlardagi yoqilği yetişmovçiligi muammolari kötarilgan lavhasida şu haqda söz yuritildi.

Vaziyatdan xabardorlarning ma'lumotiga köra, ba'zi hududlardagi AYoQŞlarga yoqilği bir oyda ikki marotaba yetkazib berilmoqda. Natijada ötkir taqçillik yuzaga kelmoqda.
 
Şu sababdan, hududdan kelib çiqqan holda çayqovçilik yöli bilan sotiş holatlari yuzaga kelmoqda. Ai-80 yoqilğisining "qöldagi" narxi 4000 mingdan 5500 sömgaça baholanmoqda. Masalan, Buxoroda çayqovçilar benzinni bir litri uçun 5000-5500 sömdan sotişmoqda.

Ma'lumot uçun, bugungi kunda respublika böylab benzinning 1 litri quyidagi narxlarda sotilişi belgilab qöyilgan: AI-80 – 2800, AI-91 – 3000 va AI-95 – 3300 söm. 

“Mana, Asaka zavodida işlab çiqarilayotgan avtomaşinalarni sotişda şapkavozlikka çek qöyildi, endi esa benzin sotilişidagi şapkavozlikni yöqotiş vaqti ham yetgan körinadi”, - deyiladi lavhada.