Özbekistonda Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi huzurida ixtisoslaşgan oliy ta'lim muassasasini taşkil etiş rejalaştirilmoqda. 

Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 13 noyabr kuni geologiya-qidiruv işlari samaradorligini oşiriş, mineral-xomaşyo va qimmatbaho metallar resurs bazasi hamda işlab çiqariş hajmini köpaytiriş böyiça muhim strategik loyihalarni amalga oşiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazildi.

Yiğilişda kadrlar tayyorlaş masalasiga ham alohida e'tibor qaratildi. Sohani zamonaviy mutaxassislar bilan ta'minlaş uçun Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi huzurida ixtisoslaşgan oliy ta'lim muassasasi taşkil etiş, unda ilmiy izlanişlarga katta ahamiyat qaratiş, işlab çiqariş korxonalari va ta'lim tizimi örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş zarurligi ta'kidlandi. 

Şuningdek, geologiya-qidiruv işlarini ilğor texnologiyalar asosida taşkil etiş, işga solinmagan imkoniyatlardan foydalaniş, sohaning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini yanada oşiriş masalalari tahlil qilindi. Vazirlik, qömita va kombinatlar oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab berildi.