«Hattoki sönggi moliyaviy inqiroz neft va gazning yirik zaxiralariga ega boşqa davlatlarga oğriqliroq zarba berdi. Qirğiziston esa valyuta barqarorligini ham saqlab qoldi, u qöşnilarga qaraganda ança sekinroq pastga şönğidi, biz YaIM keskin qulaşiga ham yöl qöymadik», - deya aytib ötdi QR prezidenti Almazbek Atamboyev «Ala-Arça» davlat qarorgohida 15 noyabr kuni barqaror rivojlaniş böyiça Milliy kengaş yiğilişida.
«Biroq biznesni rivojlantiriş uçun katta bozor kerak hamda biz YeOIIga katta umidlar bilan kirgandik. Mening fikrimça, bu töğri qaror. Albatta, biz ittifoqda qolişimiz kerak. Men buni alohida ta'kidlamoqçiman, sababi har kuni ham rus, ham qozoq OAVda Qirğiziston, Atamboyev YeOIIni parçalab yubormoqçi ekani haqidagi xabarlarni öqiyapman. Bu alahlaş. Biz ittifoqdan çiqişni heç qaçon rejalaştirmaganmiz. Biroq haqiqiy holat şuki, Qirğiziston bir oydan oşiq vaqt davomida Qozoğiston rahbariyati xarxaşasi sabab YeOIIning boşqa davlatlaridan ajralib qoldi. Bizni YeOIIdan ajratib qöyişdi. Xöş, ittifoqni kim parçalab yubormoqçi? Buni faqat ahmoqlar va umuman bilişni ham istamaydiganlar körmayapti», - deya ma'lum qildi prezident.
Şu bilan birga, Atamboyevning ta'kidlaşiça, Qirğizistonga davlat rahbari mamlakat qonunlarini hurmat qiliş va içki işlarga aralaşmaslikni talab qilgani tufayligina blokada uyuştirişdi.
«Bizga öz qoidalaringizni kiritişga urinmang. Afsuski, YeOII kelajagi haqida gapirar ekanman, şuni aytmoqçimanki, hozirça munosabatlar, birinçi navbatda, iqtisodiy aloqalar qabul qilingan va imzolangan kelişuvlar hamda bitimlar bilan emas, balki ba'zi prezidentlarning injiqligi va xarxaşasi orqali tartibga solinadi... Biroq şunda YeOII madaniyatli iqtisodiy ittifoq böla oladimi? Men YeOII davlatlari rahbarlarining bunday beparvoligidan hayratdaman. Tigran Sarkisyan boşçiligidagi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi haqida ham şuni aytişim mumkin. Sariq çaqaga olişmayapti. Şu odamlar Qirğiziston haqida yana nimalarnidir gapirişmoqda. Aççiq haqiqat, aççiq faktlar şunday», - deya aytib ötdi u.


















