Özbekistonda sentabr oyining ilk haftasida erkin valyuta konvertatsiya amaliyoti joriy etilgani e'lon qilingandi. Şu davrgaça bir neçta tijorat banklari tadbirkorlarga xorijiy valyutada kredit taqdim etgan. Xorijiy valyutada kredit olgan tadbirkorlarga valyuta liberallaşuvi jarayonida qanday imtiyoz beriladi? Uşbu savolga 15 noyabr kuni taşkil etilgan navbatdagi Press-Klub sessiyasida Markaziy bank raisi örinbosari javob berdi.

«E'tiborli jihati şundaki, ularning 80-85 foizi eksport quvvatini oşirişga qaratilgan tarmoqlarda faoliyat olib boradi», deb fikrini bildirgan Şuhrat Otaboyev.

Foto: Xalqaro press klub

«Yuqoridagi omil hisobga olinsa, bu tadbirkorlar uçun valyuta liberallaşuvi jarayoni unçalik salbiy oqibatlarga sabab bölmaydi. Boşqalar haqida söz yuritsak, ularning pul oqimlarini tahlil qilib, kreditlarni söndiriş muddatlari qayta körib çiqildi. Bunda bank xodimlari har bitta mijoz bilan yakka tartibda iş olib borgan. Masalan, tadbirkorga 6 oydan boşlab 1 yilgaça yoki undan ham katta muddatda kreditlarini qaytariş imkoniyati yölga qöyildi.

Agar tadbirkorlar oldida aylanma mablağlarini şakllantiriş mobaynida muammolar paydo bölsa, u holda söm valyutasida, qayta moliyalaştiriş stavkasi böyiça kreditlar ajratiş tavsiyasi işlab çiqildi.

Ötgan ikki oy içida umumiy qiymati 100 million dollardan oşiq 200ga yaqin şartnoma muddatlari örganilgaç, ularning kreditni söndiriş muddati çözib berildi.

Bu bilan masala batamom ijobiy hal böldi, deya olmaymiz. Mijozlardan haligaça turli sörovlar kelib turibdi. Öylaymanki, kelgusida ham mazkur holatga aloqador şartnoma egalari murojaat qilsa, kelişuv şartlarini qayta körib çiqişimiz mumkin», deydi Markaziy bank raisi örinbosari Şuhrat Otaboyev.