Joriy yilning 1 dekabridan boşlab, Özbekiston böylab xorijga pul ötkazmalari milliy söm valyutasida qabul qilinib, amaliyot ötkazilayotgan kunda Markaziy bank belgilagan qiymat böyça konvertatsiya qilingan holda yuborilişi ma'lum böldi. Bu haqda Markaziy Bank raisi birinçi örinbosari Timur Işmetovga asoslanib Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Özbekistondan taşqarida istiqomat qilayotgan talaba, bemor yoki iş safarida bölgan yaqinlari uçun bank mijozlari endilikda pul ötkazmasini milliy valyutada topşirişi mumkin. Jarayon juda sodda tartibda amalga oşirilib, pul ötkazmasi amalga oşiriladigan kunda Markaziy bank tomonidan belgilan kurs böyiça mablağlar xorijiy valyutaga konvertatsiya qilinadi.

«Biz uşbu amaliyotni kelasi oyda töliq işga tuşirişga tayyormiz. Aholi bu imkoniyatdan foydalanişi bilan ortiqça vaqt va resurs sarflab ötirmay, çet eldagi tanişi yoki qarindoşiga pul ötkazmasini xorijiy valyutada yetkazib berişi mumkin», deydi raisning birinçi örinbosari.

Ayni vaqtda bank mijozlari xorijiy valyutani naqdsiz körinişda xarid qilişi, har qanday körinişda sotişi mumkin. Bundan avvalroq Markaziy bank vakillari nega islohotlar boşida aynan xorijiy valyutaning naqdsiz sotuvi yölga qöyilganini izohlagani haqida xabar berilgandi.