2016 yilning örtasidan 2017 yil örtasigaça dunyo aholisining jami boyligi 6,4 foizga oşib, 280 trln dollarga yetdi. Bundan Şveytsariyaning Credit Suisse bankining Global Wealth Report an'anaviy hisobotidagi ma'lumotlar darak bermoqda. Ösiş sur'atlari oxirgi 5 yil içida maksimal darajada bölgan va köçmas mulk va aksiyalar narxining oşişi bilan boğlangan.
Boylik miqdori aholi sonidan tezroq ösgani sababli jami boyliklarning dunyo aholisi soniga nisbati bir kişiga 56,64 ming dollar hisobida böldi. Bir yil avval bu qiymat 52,074 ming dollar bölgan.
Şu bilan birga dunyodagi barça boyliklarning yarmi 1 foiz eng badavlat odamlargagina tegişli ekani ma'lum böldi. Ularning umumiy boylikdagi uluşi 2008 yilgi inqiroz vaqtidagi 42,5 foizdan amaldagi 50,1 foizgaça oşgan.
Oxirgi yil davomida 2,3 mln nafar dollar millionerlari paydo bölgan. Ularning umumiy soni 36 mln ga yetgan. Bu qiymat 2000 yildagidan uç barobar köproqni taşkil qilmoqda.
Dunyoning 3,5 mlrd eng noçor kişisining boyligi kişi boşiga 10 ming dollardan kamroqni taşkil qiladi. Umumiy holda bu toifaga mehnatga layoqatli aholining 70 foizi va umumiy boylikning 2,7 foizi töğri keladi.
Dunyo ahlining boyligi yaqin 5 yilda taxminan şu sur'atlarda ösişni davom ettirib, 2022 yilda 341 trln dollargaça köpayadi, deb prognoz qilmoqdalar Credit Suisse iqtisodçilari. Şu bilan birga ular dollar millionerlari soni 44 mln kişigaça yetişi, ya'ni amaldagidan 20 foizga köpayişini, eng noçor aholi soni 4 foizga kamayişini kutmoqdalar.

















