CA-News.org portali Markaziy Osiyo davlatlari poytaxtlaridagi turar joy köçmas mulki narx-navosi haqidagi ma'lumotlarni töplab, uni Rossiya poytaxtidagisi bilan soliştirgan — material uçun Moskva hamda Qozoğiston (Astana), Qirğiziston (Bişkek), Turkmaniston (Aşxobod), Tojikiston (Duşanbe) va Özbekiston (Toşkent) poytaxtlaridagi örtaça narxlardan foydalanilgan.

Hududlardagi 1 kvadrat metr turar-joy maydoni narx-navosi örganilişi quyidagiça grafik yasaş imkonini bergan:

Oddiy (elitali bölmagan uylardagi) ikki xonali, örtaça ta'mirga ega bölgan kvartira uçun örtaça narx şaharlarda quyidagiça:

CA-News.orğga köra Almati va Astanada eng qimmat ikki xonali kvartiralar narxi köp ham farq qilmaydi. Jumladan, köçmas mulk oldi-sotdisiga möljallangan «Krişa» e'lonlar saytiga köra, Qozoğistonning yangi va eski poytaxtlarida eng qimmat kvartiralar 120 mln. tanga yoki 383 ming AQŞ dollariga teng (gap elitali turar joylar haqida bormayapti).

Duşanbeda eng qimmat kvartira narxi 355 ming dollar, binobarin, Almati va Astanadagi narxlardan u qadar farq qilmaydi.

Bişkekda eng qimmat ikki xonali uyni 120 ming dollarga, Toşkentda esa 100 ming dollarga xarid qiliş mumkin.

Mutaxassislarning qayd etişlariça, 2017 yilda köçmas mulk bozori navbatdagi tanazzulga duçor bölgan. Bu holatda narxi haddan ziyod oşirib yuborilgan kvartiralarning narxi pastlaşda davom etmoqda, boşqa obektlar esa bozor narxini saqlab turibdi.