Özbekiston böylab erkin valyuta konvertatsiya amaliyoti joriy qilinişi bilan jismoniy şaxslarga xorijiy valyutani plastik kartoçka orqali naqdsiz körinişda sotiş yölga qöyilgandi. Xöş, bu amaliyotdan közlangan maqsad nima? Oddiy aholi qaçon naqd körinişdagi xorijiy valyutani banklardan sotib olişi mumkin?

Özbekiston Respublikasi Markaziy bank raisi örinbosari Botir Zohidovning fikriça, avvalambor, valyuta liberalizatsiyaning asosiy maqsadi nima degan savolga töxtalib ötişim lozim. Kun.uz muxbirining şu haqdagi savoliga u quyidagiça javob qaytardi: «Uşbu amaliyotning asosiy maqsadi - norasmiy bozorda valyuta ayirboşlaş hajmi ança oşib ketganini hisobga olib, buni tan olib, uşbu bozorda faoliyat yuritayotgan şaxs va resurslarni rasmiy bozorga köçiriş. Soddaroq qilib aytganda, bozorning barça iştirokçilari uçun teng şaroit va imkoniyat yaratiş, degani.

Prezident taşabbusi bilan qabul qilingan valyuta liberallaşuviga oid qarorda ham respublika hududidagi barça tölovlar özbek sömida amalga oşirilişi belgilangandi. Agar mamlakatdan taşqarida foydalaniş uçun xorijiy valyuta zarur bölsa, mijozlarning plastik kartoçkasiga naqdsiz körinişda valyuta tuşirib beriladi. Bu plastik kartoçkalar xorijda çeklovsiz işlaşi belgilangan.

Mantiqan öylab qaralsa, Özbekiston böyiça barça tölovlar söm valyutasida bölsa, xorijga çiqişda yo zaruriyat çoğida plastik kartoçkaga valyuta tuşirib berilsa, mamlakat içida naqd körinişdagi valyutani sotib olişga qanday zaruriyat va qonuniy asos bor?

Agar gap jamğarmalar haqida ketsa, uni ham naqdsiz körinişda amalga oşirişning imkoniyat bor», deydi rais örinbosari Botir Zohidov.

Markaziy bank raisi örinbosari bildirilgan fikr bilan «Özbekistonda xorijiy valyuta naqd körinişda sotib oliş imkoniyati» bölmaydi, degan gapdan yiroqda ekanini aytdi.

«Islohotlarimizning samarali, xalqqa nafi tegadigan bölişida barça omillarni tahlil qilib, keyingi bosqiçga çiqişimiz zarur», deydi u.

Markaziy bank vakili «naqdsiz valyutaning sotilişi islohotlar boşlanişida çayqovçilik bosimini, xorijiy valyutaga bölgan talabning keskin oşişiga qarşi qöllanayotgan vaqtinça çora» ekanini alohida ta'kidlab ötdi.