Nodirbek Narzullayeviç Saydullayev Markaziy bank raisining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Nodirbek Saydullayev 1982 yil Jizzax viloyatida tuğilgan. 2003 yilda Toşkent Moliya institutining bakalavr, 2005 yilda şu institutda magistr darajasini olgan.
U 19 yildan buyon bank işida faoliyat körsatib keladi. Xususan, 2017-2019 yillarda «Özmilliybank» boşqaruvi raisining birinçi örinbosari sifatida işlagan.
Mazkur tayinlovga qadar Nodirbek Saydullayev 2019 yil fevralidan buyon «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki boşqaruvi raisi lavozimida işlab kelayotgan edi.
Telegramdagi davletovuz kanali muallifi Nodirbek Saydullayev yoş kadrlardan ekaniga e’tibor qaratib, bank tizimida samarali işlab kelganini qayd etgan va yangi lavozimida ham Özbekiston bank tizimida özgarişlar olib kelişiga umid bildirgan.
Eslatib ötamiz, Markaziy bank raisining avvalgi birinçi örinbosari lavozimida işlab kelgan Botir Zohidov Şayxontohur tumani hokimi lavozimiga ötkazilgandi.

















