Mental modellarni biliş sizga maqsadga erişiş, xatolarni çetlab ötiş, muhim qarorlarni qabul qiliş, odamlarga rahbarlik qiliş va biznesda muvaffaqiyatga erişişga yordam beradi. Skillshare boş ijroçi direktori Maykl Karnyanaprakorn şu haqidagi ma'lumotlari bilan bölişdi.
Mental modellar — bu bizning xatti-harakatlarimiz va dunyoqaraşimizni belgilab beruvçi, şaxsiy tajribamizga asoslangan strategiyalar. Mental modellar tarmoği advokat, muvaffaqiyatli iqtisodçi, professional sarmoyador va milliarder Uorren Baffetning öng qöli Çarlz Manger tomonidan yaratilgan. Manger uşbu tarmoq yordamida hodisalarning nima bilan tugaşini oldindan aniqlaş va tahlil qila bilgan. Şuning uçun Baffet uni "işdagi mukammal şerik" deb atagan.
Köplab işbilarmonlar, rahbarlar va yetakçilar quyidagi 16 mental modeldan foydalanişadi.
Qarorlar qabul qiliş

1. Uorren Baffetning "Ikki röyxat" strategiyasi
25 maqsadingizni qoğozga tuşiring. Bir röyxatga eng muhim beş maqsadingizni kiriting, qolgan yigirmatasini esa - boşqa röyxatga tuşiring-da, keyingisini unuting. Şu tariqa ustuvor maqsadlaringizga aniqlik kiritib olasiz va eng asosiylariga diqqatingizni qaratasiz. Xohlasangiz, birinçi röyxatni uç punktgaça qisqartirişingiz mumkin.
2. 10/10/10 qoidasi
Köpçiligimiz oxirini öylamay, şoşib qaror qabul qilganimiz uçun vijdonimiz oldida qiynalamiz. Şuning uçun 10/10/10 uç savolga javobni közda tutadi.
- 10 daqiqadan söng qabul qilingan qarorga qanday munosabatda bölasiz?
- 10 oydan keyin nimani his qilasiz?
- 10 yildan keyin-çi?
Şu tariqa siz hayotingizga qarorlaringizning ta'sirini tahlil qilib olasiz. Ehtimol, hammasi u qadar qörqinçli emasligini tuşunib yetarsiz.





















