Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning «Valyuta siyosatini liberallaştiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoni ijrosi doirasida sentabr oyidan boşlab valyuta kursini şakllantirişning bozor mexanizmini joriy etiş orqali içki valyuta bozorini liberallaştirişga kirişildi.
Markaziy bank raisi birinçi örinbosari Timur Işmetovning aytişiça, iqtisodiyotdagi mavjud şaroitlar hamda liberallaştiriş jarayonidagi ustuvor vazifalardan kelib çiqib, bir yil davom etgan tayyorlov bosqiçida quyidagi jihatlarga alohida diqqat berilgan.
Birinçidan, inflyatsion bosimni pasaytiriş va valyuta bozorida spekulyativ talabning ösiş ehtimolini bartaraf etiş çoralari körildi. Mazkur maqsadga qat'iy pul-kredit siyosatini yuritiş, ya'ni qayta moliyalaş stavkasini 9 foizdan 14 foizgaça oşiriş orqali erişilgan.
Ikkinçidan, bank tizimi barqarorligini mustahkamlaş maqsadida quyidagi çoralar amalga oşirildi:
- banklarning ustav kapitallari davlat quyilmalari hisobiga (670 mln. AQŞ dollari miqdorida xorijiy valyutada) köpaytirildi. Natijada bank tizimining yalpi kapitali 40 foizdan ortiq ösdi;
- Markaziy bankning tijorat banklarini likvidlik bilan ta'minlaş mexanizmlari faollaştirildi;
- kurs siyosatining yangi şaroitlariga bardoşligini aniqlaş maqsadida banklar stress-testdan ötkazildi, banklarni prudentsial nazorat qiliş çoralari kuçaytirildi;
- yil yakuniga 20 foiz darajasigaça yetkaziş şarti bilan bir lahzali likvidlik koeffitsiyenti böyiça minimal talablar joriy etildi.
Uçinçidan, yirik va strategik korxonalarning moliyaviy holati va xorijiy valyutadagi mavjud qarzdorliklari hisobga olinib, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlariga ajratilgan kreditlar restrukturizatsiya qilindi hamda alohida korxonalarga, ularning moliyaviy holatiga milliy valyuta devalvatsiyasining salbiy ta'sirini bartaraf etiş uçun soliq imtiyozlari berildi.
Törtinçidan, hukumatning manzilli çoralaridan kelib çiqib, kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çoralari körilmoqda.
















