Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Yevropa yagona energetika ittifoqi tashkil etish mumkin emasligi aytilmoqda
Yevropada yagona energetika hududini barpo etish hozircha imkonsiz, deya bayonot berdi AQShning energetika hamkorligi bo‘yicha maxsus vakili Amos Xokstin.
"Yevropada yagona energetika ittifoqini tashkil etish sovuq urush davrining infratuzilmaviy merosi tufayli hozircha mumkin emas", — degan u Vashingtondagi anjumanda.
Xokstinning izoh berishicha, qit'aning g‘arbiy va sharqiy qismi energetika sohasida turli manfaatlarni ko‘zlaydi. Uning yodga olishicha, SSSR bir vaqtlar faqat Sharqiy Yevropaga energiya zaxiralarining barcha turini — neft, gaz, elektroenergiya yetkazib bergan.
"Biz Yevropa energetika muammosi mavjud emas. O‘z muammolari bilan Sharqiy Yevropa bor hamda o‘z masalalarini hal qilish istagidagi G‘arbiy Yevropa", — degan u.
U Rossiyadan Turkiyaga qurilayotgan "Turk oqimi"ga to‘xtalgan Xokstinning aytishicha, bu loyihani Vashington geosiyosiy deb biladi.
"Mening suhbatdoshlarim bu fikrimga to‘liq qo‘shilishdi. Ammo, shu bilan birga, Yevropa qarshisida savol turadi: Rossiya Ukraina orqali gaz yetkazib bera olmasa, sovuqda qolgan o‘z fuqarolariga nima deb javob beradi?", — degan Xokstin.
AQSh sobiq maxsus vakilining ta'kidlashicha, Amerikaning suyultirilgan gazini Yevropaga yetkazib berish Rossiya tabiiy gaziga muqobil energiya manbai bo‘lishi mumkin. Biroq bu yaqin istiqbolda bo‘lmaydi.
Mavzuga oid
22:13 / 08.02.2026
AQSh Yaqin Sharqqa harbiy yuklar tashish sur’atini oshirmoqda
15:59 / 07.02.2026
Sanksiyalar: YeI sudi Rossiyadan olib kirilgan avtomobillarni musodara qilishga ruxsat berdi
15:42 / 07.02.2026
Estoniya Rossiyadan urush ishtirokchilarini Shengenga kiritmaydi
14:18 / 07.02.2026