Zimbabve prezidenti Robert Mugabening «zamonaviy dunyodagi eng şafqatsiz mustabid rahbar sifatidagi» merosi mamlakat tarixida uzoq muddatga çuqur iz qoldiradi, deb yozmoqda Telegraph gazetasi.

Naşrning ta'kidlaşiça, mamlakatdagi keskinlik prezidentning rafiqasi Greys Mugabe yaqinda öz vazifasidan çetlatilgan vitse-prezident Emmerson Mnangagvaning örnini egallaşi haqida xabarlar tarqalgaç yanada kuçaydi.

«Greys Mugabe mamlakatda katta hurmatga ega emas, bu davlat iqtisodiyoti falaj holatda bölgani holda, uning xarajatlari borgan sari ortib borgani bilan boğliq», - deya yozadi naşr.

Köp holatlarda «oq» fermerlarni – mamlakat qişloq xöjaligi ösişini ta'minlovçi asosni – öz yerlarini tark etişga majbur qilişgan, unumdor yerlar yaroqsiz ahvolga kelgan, bu esa Zimbabveda oziq-ovqatning ötkir yetişmovçiligi hamda iqtisodiyotning pastga «qulaşi»ga olib kelgan.

Gazetaning ta'kidlaşiça, Mugabe davrida oddiy zimbabveliklar «milliarder»larga aylanişdi, biroq bu oçlik va yoqilği uçun mablağ topa olmaydiganlar bilan yuz berdi, sababi ularning pullari juda katta inflyatsiya tufayli qadrsizlanib ketdi: natijada, non kabi oddiy mahsulotlar ham bir neça million zimbabve dollariga sotilgan. Hukumat Zimbabve valyutasidan voz keçib, savdoning asosiy vositasi sifatida AQŞ dollarini qöllay boşlaganidagina inflyatsiya nazoratga olindi.