Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etiş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Yiğilişda qayd etilganidek, huquqbuzarliklar profilaktikasida xizmat intizomi va qonunçilikni kuçaytiriş, içki işlar idoralari tarkibiga adaşib kirib qolgan, mas'uliyatni töla anglamasdan, fuqarolarning haqli e'tirozlariga sababçi bölayotgan xodimlardan tozalaş masalasi doimo dolzarb vazifadir.

Şu nuqtai nazardan, içki işlar organlarining kadrlarni tayyorlaş va malakasini oşiriş tizimini yanada takomillaştiriş böyiça aniq topşiriqlar berildi.

Yiğilişda Prezidentimiz taşabbusi bilan har bir tumanda tuzilgan sektorlar faoliyati tahlil qilindi. Bundan buyon har bir sektor rahbari jinoyatçilikning holati uçun ham şaxsan javob berişi qayd etildi. Sektor rahbarlarining bu boradagi mas'uliyatini oşiriş maqsadida Hududlarda jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş va huquqbuzarlikka qarşi kuraşiş Respublika komissiyasini tuziş böyiça topşiriq berildi. Uning tarkibiga «Mahalla», «Nuroniy» jamğarmalari, Yoşlar ittifoqi, Xotin-qizlar qömitasi, Kasaba uyuşmalari federatsiyasi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbarlarini ham kiritiş, Komissiya faoliyatini Oliy Majlis Senati tomonidan muvofiqlaştiriş belgilandi.

Majlisda rahbarlar ma'naviyati masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Haqiqiy rahbar, haqiqiy yetakçi odamlarning bardoşini sinaş uçun emas, balki ularga munosib şart-şaroit yaratib beriş, oğirini yengil qiliş uçun rahbar etib tayinlanadi. Barça böğindagi rahbarlar — u vazir yoki hokim böladimi, idora yoki taşkilot boşliği böladimi, özining odob-axloqi va madaniyati bilan hammaga örnak va namuna bölişi zarurligi alohida ta'kidlandi.

Yiğilişda sözga çiqqanlar yurtimizda aholining tinç-osoyişta hayot keçirişini ta'minlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, şuningdek, boşqa hayotiy muhim masalalarni hal etiş böyiça keng kölamli harakatlar boşlangani, yangi tizim yaratilgani ijobiy natijalar berayotganini qayd etdilar.