Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev Qozoğiston bilan erişilgan kelişuvni bekor qiliş töğrisidagi qonunni imzoladi. Hujjat YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida yordam berişni közda tutar edi, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Qirğiziston parlamenti mazkur kelişuvni bekor qiliş böyiça qonunni ötgan hafta qabul qilgan edi.
Kelişuv 2016 yili Qirğiziston va Qozoğiston hukumatlari örtasida imzolangan edi. U Qozoğistonning Qirğizistonga 100 mln dollar yordam berişini tartibga solar edi. Ostona bu pulni Qirğiz respublikasining YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqiga tezroq integratsiya jarayonlariga kömaklaşiş maqsadida ajratişi belgilangandi.
Qirğiziston TIV "belgilangan tartibda Qozoğiston respublikasi hukumatini kelişuv va protokollar bekor qilinganidan xabardor qiladi".
Kelişuvni bekor qiliş ikki qöşni mamlakat munosabatlari yomonlaşayotgan bir vaqtda kuzatilmoqda. Atamboyev Qozoğistonni prezidentlik sayloviga aralaşganlikda ayblagaç, ikki davlat hukumatlari örtasiga sovuqçilik tuşdi.


















