Qoraqalpoğiston Respublikasi Avtomobil yöllari hududiy boşqarmasi rahbari lavozimida işlab kelayotgan Paraxat Tureşov Nukus şahri hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpoğiston axborot agentligi xabar bermoqda.
P.Tureşov 1979 yili Taxiatoş şahrida tuğilgan, mehnat faoliyati davomida Taxiatoş şahri statistika va hisoblaş markazi, Qoraqalpoğiston Respublikasi statistika boşqarmasi, Nukus şahar obodonlaştiriş boşqarmasida turli lavozimlarda işlagan.
Nukus şahrining oldingi hokimi Jalğasbay Opayevdan söng, Sabir Nağmetov vaqtinça hokim vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan edi.
















