Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi neft va neft mahsulotlari importi uçun respublika byudjyetidan neftni qayta işlaş zavodlariga 2 trillion söm (250 million dollarga yaqin) ajratadi.
Mamlakat prezidenti Şavkat Mirziyoyevning bu boradagi tegişli qarori 15 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi veb-saytida e'lon qilindi.
"Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga: 2017 yilning oxiriga qadar “Özneftmahsulot” AJ neftni qayta işlovçi zavodlariga 2 trillion söm miqdoridagi foizsiz byudjyet ssudalarni, uglevodorod xomaşyosi va tayyor neft mahsulotlari importiga maqsadli yönaltiriş orqali ajratişni ta'minlasin", - deyiladi hujjat matnida.
Qaror bilan respublika korxonalari tomonidan import qilinuvçi uglevodorod xomaşyosi, mulkçilik şakli va foydalaniş maqsadlaridan qat'i nazar, 2020 yilning 1 yanvariga qadar bojxona tölovlarini tölaşdan ozod etildi. “Özneftmahsulot” AJ neftni qayta işlovçi korxonalari xuddi şu muddatga daromad soliğidan ozod etildi, bu mablağlar esa işlab çiqariş quvvatlarini modernizatsiya qiliş hamda oşirişga yönaltiriladi.
Şuningdek, Mirziyoyev Moliya vazirligiga 2017 yilda, neft mahsulotlariga bozor bahosi belgilanişiga ötiş munosabati bilan, davlat byudjyetining tegişli xarajatlar bandlari va davlat investitsiya dasturining parametrlarini oşiriş haqida topşiriq berdi.

















