Özbekistonda endi jinoyatçilikning oldini oliş böyiça Senat rahbari boşçiligida Jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş komissiyasi tuziladi. Uşbu komissiya barça viloyatlarda jinoyatçilikning oldini oliş böyiça sessiyalar ötkazadi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilayotgan videoselektor yiğilişi davomida ma'lum qilingan.

Videoselektor yiğilişida iştirok etgan KUN.UZ muxbirining xabar berişiça, barça viloyatlar va tumanlarda viloyat hamda tuman kengaşlarining jinoyatçilikning oldini oliş böyiça sessiyalari bölib ötadi. Uni Senat rahbari boşçiligida Jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş komissiyasi nazorat qilib boradi.

Şuningdek, respublika Boş prokuraturasi qoşida multimediya bölimi taşkil qilinadi. Bu yerda jinoyatçilikning oldini oliş va kuzatilayotgan jinoyatlar böyiça ommaga axborot berib boriladi. “Özbekiston24” telekanaliga esa alohida topşiriq berilgan. Endilikda, bu kanalda har kuni bir soat davomida mutasaddi şaxslar bilan birgalikda jinoyatçilikning oldini oliş böyiça körsatuvlar tayyorlanadi.