Yurtimizda tibbiy xizmat sifatini oşiriş, aholi salomatligini mustahkamlaş bilan boğliq masalalar davlatimiz rahbarining doimiy diqqat markazida bölib kelmoqda. Qisqa fursat içida Prezidentimiz Ş.Mirziyoyev rahbarligida soğliqni saqlaş tizimi mutasaddilari bilan beş marotaba uçraşuv ötkazilişi, sohani kompleks rivojlantirişga qaratilgan öttizdan ortiq farmon va qarorlar e'lon qilingani ham buning yaqqol isboti.

Uşbu yiğilişlarning har birida davlatimiz rahbari viloyatlarda tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oşiriş böyiça alohida topşiriq va vazifalar bergan edi, deb xabar beradi KUN.UZga soğliqni saqlaş  vazirligi axborot  xizmati.

Xususan, 18 oktabr kuni tibbiy islohotlar tahliliga bağişlangan yiğilişda Prezidentimiz qat'iy ta'kidlaganidek, aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifatining hududlarda yetarli darajada emasligi tibbiyot oldida turgan dolzarb masalalardan biri. Tan oliş kerak, hududlardan yuqori texnologik tibbiy yordam oliş uçun Toşkent şahriga keliş aholi tomonidan köplab e'tirozlarga sabab bölayotgan edi. 

Uşbu masalalarni bartaraf etiş maqsadida viloyatlarda işlaş taşabbusi bilan çiqqan yetakçi mutaxassislardan 134 nafar nomzod tanlab olindi. Ular hozirda viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazlariga, jumladan, bolalar şifoxonalari, endokrinologiya, kardiologiya, silga qarşi, teri-tanosil dispanserlari, onkologiya markazi filiallari, yuqumli kasalliklar şifoxonalarida faoliyat olib bormoqda.

Bu esa viloyatning özida eng noyob va yuqori texnologik operatsiyalarni ötkaziş imkoniyatini paydo qilmoqda. Birgina Samarqand viloyati misolida köradigan bölsak, viloyatda poytaxtdan borgan turli ixtisoslikdagi 8 nafar malakali mutaxassis iş boşladi. 

— Filialda faoliyat boşlaganimdan buyon ötgan qisqa vaqt içida ilgari faqat poytaxtda yoki xorijda qilingan 4 turdagi eng murakkab jarrohlik amaliyotlarini filialning özida yoş mutaxassislar bilan birga bajardik, — deydi respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali direktori Mirjalol JÖRAYeV. — Misol uçun, qizilöngaç, oşqozon, me'da osti bezi, yöğon içak, jigar saratoni xastaliklarini samarali davolaş imkoniyati oşmoqda. Qizilöngaç saratonida a'zoning 80 foizini olib, uning örniga oşqozondan trubka yasab kökrak böşliğiga ulaş, jigar saratonida jigarning 60–65 foizini rezeksiya qiliş, sun'iy oşqozon yaratiş kabi noyob operatsiyalar Samarqand tibbiyoti tarixida ilk bor bajarildi. Hozirga qadar 22 ta şunday operatsiya ötkazgan bölsak, ularning barçasi muvaffaqiyatli ötdi. Endi har qanday murakkab jarrohlik işlarini filialning özida bajariş imkoniyati borligi samarqandliklarni quvontirmoqda.