Zimbabve prezidenti Robert Mugabe harbiylar bilan muzokaralarda iste'foga çiqişdan boş tortmoqda. Bu haqda Reuters agentligi mamlakat xavfsizlik kuçlaridagi manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.
Mugabe hukmron partiya yetakçiligi uçun saylov ötkazişni va unda özi ham qatnaşişini talab qilmoqda. Prezidentning aytişiça, u partiya yetakçiligi uçun saylovda mağlub bölsagina, davlat rahbari lavozimini tark etadi.
Mamlakat vitse-prezidenti va maxsus xizmatlarning sobiq rahbari Emmerson Mnangagva sönggi bir yil mobaynida maxfiy ravişda harbiylar va muxolifat bilan muzokaralar olib borib, Mugabe hokimiyatdan çetlatilsa, Zimbabvedagi siyosiy hokimiyat qanday köriniş olişini muhokama qilgan. Zimbabve razvedkasi ma'lumotlari şundan dalolat qilmoqda.
Şu bilan bir vaqtda, 15 noyabr kuni keçqurun mamlakat poytaxtiga muxolifat yetakçisi Morgan Tsvangirai qaytgan. U saraton xastaligidan davolaniş uçun xorijda davolanayotgan edi. Uning Zimbabvega kelişi mamlakatda Mugabedan keyingi hokimiyatga tayyorgarlik ketayotganini taxmin qilişga asos böladi.


















